

Markazlashgan holda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan musobaqa doirasida bugun ikkita o'yin o'tkaziladi.
Dastlabki bahsda Singapurning "Tampins Rovers" va Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoalari "Lokomotiv" stadionida to'qnash kelishadi. O'yin soat 19:00da boshlanadi.
Kunning ikkinchi o'yinida esa Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" jamoasi Tailandning "Chiangray Yunayted" klubini sinovdan o'tkazadi. "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladigan bahs soat 21:00da start oladi.
Eslatma: Karantin qoidalari sabab, o'yinlarga muxlislar kiritilmaydi.



