Bugun RPLda 11 sinf bolalariga muxlislik qilamiz!

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2020
Minskda bo'lib o'tgan "Nashe Budushhee" musobaqasining 3-o'rin uchun bahsida aynan rostovliklarga imkoniyatni boy bergan edik.

Ular yarim finalda "Milan"ga bor yo'g'i penaltilar seriyasida yutqazib, finalsiz qolgan edilar. So'nggi yillarda Rostov Na Donu shahrida amalga oshirilayotgan ishlar taqsinga loyiq.

Afsuski, kuni kecha "Rostov"ning 6 nafar a'zosida koronavirus aniqlandi. Shunga qaramay, RPLni o'zi yakuniy qaror chiqarmadi, "Sochi" bilan o'yin qoldirilishi haqida barcha baralla aytgan bir paytda, sochiliklar "Rostov"ni qabul qilishga tayyorliklari va o'yinni bekor qilmaslik haqida bayonot bilan chiqdilar. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Bugun, butun dunyo "Rostov"ga muxlislik qiladi, aniqrog'i 2003 yilda tavallud topgan futbolchilarga. Ma'lumot uchun, O'zbekistondagi eng yosh o'yinchi 2002 yil. Tasavvur qiling, 11 sinf o'quvchilari, bugun Premer ligada "Sochi" mehmoni bo'ladilar.

Umid qilamiz, Sochiga ular dam olish uchun bormayaptilar! Mana ko'rasiz, bugun ular bitta gol uradilar, ammo ko'p o'tkazmaydilar!

"Rostov" akademiya, olg'a! #bizrostovbilan #myzarostov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia