Bugun O'zbekistonda Osiyo chempionati boshlanadi: futbolchilarimiz Turkmaniston bo'lan o'ynashadi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2022
Bugun O'zbekistonda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini Turkmaniston vakillariga qarshi boshlaydi. 

Bahs soat 20:30da "Paxtakor" stadionida start oladi. 

Futbolchilarimiz to'p tepadigan "A" guruhidan shuningdek Qatar va Eron terma jamoalari o'rin olishgan. Ular ishtirokidagi o'yin esa soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. 

Mavzuga aloqador:

O'zbekiston U-23 Osiyo Kubogi oldidan oxirgi mashg'ulotini o'tkazdi


"Paxtakor" afsonasining farzandi, "Ayntraxt"ning sobiq futbolchisi, qatarlik Saloh. U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz kimlar?


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia