O'zbekiston U-17 - Fransiya U-18. Tarkibimiz ma'lum

Narzulla Saydullayev
15 okt 2018
O'zbekiston U-17 terma jamoasi ayni kunlarda Ispaniyadagi Xalqaro musobaqada ishtirok etayotganidan futbol ixlosmandarining xabarlari bor.

Musobaqadan o'rin olgan dastlabki ikki o'yinda vakillarimiz Shotlandiya va Belgiya terma jamoalariga qarshi bahsda bir xil, 1:1 hisobida durang qayd etishgandi.
 
Bugun Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari musobaqaning uchinchi uchrashuvida maydonga tushishadi. Ularga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qiladi.  Uchrashuv Marbella shahridagi o'yingohda Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun quyidagi tarkibda to'p suradi:
12. Asad Polvonov - 23. Eldor Begimov, 3. Asliddin Toshtemirov, 14. Sunnat Hamidjonov, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev - 11. Begzod Shamsiev, 17. Diyor Ramazonov - 8. Ibrohim Ibragimov - 13. Alisher Odilov, 19. Ruslan Roziev - 7. Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradagilar: 1. Abduvohid Ne'matov; 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odil Abdumajidov; 5. Maksim Kim, 9. Mironshoh Sattorov, 10. Xushnud Bozorov, 15. Hojimat Erkinov, 16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 22. Muzaffar Olimjonov; 18. Ulug'bek Hoshimov, 20. Jasur Jaloliddinov.
 
15 oktyabr, dushanba
16:00 O'zbekiston U17 - Fransiya U18


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz