Bugun Finallissima bo'lib o'tadi - Italiya - Argentina

Alisher
1 iyun 2022
Bugun, yani 1 iyun kuni Evro-2020 va Amerika Kubogi g'oliblarining kuchini aniqlaydigan Finalissima bo'lib o'tadi - Italiya va Argentina.

Bahs Angliyadagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Bosh hakam - Pero Gomes (Chili). Bu so'nggi 29 yil ichida Yevropa va Janubiy Amerika g'oliblarining ilk bahsi bo'ladi.

Qayd etish kerakki, Italiya safida Jorjo Kellini terma jamoadagi so'nggi o'yinini o'tkazadi. 

Suratdagi sovrin rasman KONMEBOL-UEFA Kubogi chempionlari nomini olgan. Ikki yondagi figuralar Yevropa va Janubiy Amerikani bildiradi, Finalissima ramzi esa ikki qo'l birlashgan joyni bildiradi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia