Bugun 16:00. O'zbekiston - Yangi Zelandiya

Narzulla Saydullayev
3 apr 2015
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar U-20 terma jamoasi Yangi Zelandiya yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Farg'onadagi yangi bunyod etilgan "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin soat 16:00da boshlanadi.

Ikkala jamoa may oyi so'nggida boshlanadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Uchrashuvga bag'ishlangan promo rolikni tomosha qiling.

O'yin uchun chiptalar 5000 va 7000 so'mdan sotilmoqda.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin 6 aprel kuni bo'lib o'tadi. Faqat bu bahs qayerda bo'lib o'tishi rasman e'lon qilingani yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia