Bugerra Jazoir terma jamoasidagi faoliyatini tugatdi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2015, 20:56
Majid Bugerra Jazoir terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Shunday qilib, 33 yoshli futbolchining terma safidagi so'nggi o'yini Afrika kubogi chorak finali doirasidagi Kot-d'Ivuarga qarshi bahs bo'ldi - 1:3.

Bugerra termada 2004 yilda debyut qilgandi. "11 yil o'tdi, o'ylashimcha jamoa mensiz o'ynashga tayyor", - deydi himoyachi VVS nashriga.

"Jamoa ancha yosh, bu futbolchilar keyingi Afrika kubogini qo'lga kirita oladi", - deb qo'shimcha qildi Bugerra.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru