Buffon: "Yuventus"ning taklifini rad etib bo'lmasdi"

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019
"Yuventus" posboni Janluijji Buffon Turin klubiga qaytgani borasida gapirdi.

"Yuventus"ning taklifini rad eta olmasdim. O'z o'yimga qaytdim", - deb yozdi Buffon o'z tvitteriga.

41 yoshli Buffon 2001-2018 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan. U ushbu klub safida 656 o'yinda qatnashib, 518 gol o'tkazib yuborgan.

U klub tarkibida 7 bora Italiya chempionligi, to'rt Italiya Kubogi va 5 Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Twitter