Buffon: “Pelega yetib olishing kerak! Buyuk CR7”

Eldor Akmurzayev
12 noya 2020
“Yuventus” kiperi Janluiji Buffon jamoadoshi Krishtianu Ronalduning gollar bo'yicha Ferenc Pushkash yetib olganiga munosabat bildirdi.

“Buyuk CR7!!! Do'stim, ushbu qoyilmaqom natijaga erishganing bilan tabriklayman, 746 gol – bu juda katta raqamlar!

Sen Pushkash bilan tenglashding, endi esa Pelega ham yetib olishing kerak!”, deya yozgan o'z sahifasiga Buffon.

Ronaldu gollar bo'yicha Pushkashga yetib oldi, oldinda esa Pele va yana 2 futbolchi bor


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/gianluigibuffon