Buffon o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi xorijlik va italiyalik futbolchilarni aytdi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2022, 08:20
“Parma” kiperi Janluiji Buffon professional faoliyatidagi eng yaxshi futbolchilarni sanadi.

“Tyuram, Neymar, Mbappe, Krishtianu Ronaldu, Ibragimovich. Faoliyatim davomida birga o'ynagan eng yaxshi italiyaliklar: Badjo, Del Pero, Totti, Pirlo hamda Kassano”, deya o'z tanlovini bildirgan afsonaviy darvozabon.

Eslatib o'tamiz, 44 yoshli Buffon “Parma”dan tashqari, “Yuventus” va PSJ sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ITASportPress