Buffon Italiya terma jamoasi bilan JCH-2022ga bormoqchi

Alisher
14 iyun 2021, 09:56
Darvozabon Janluiji Buffon "Parma" bilan shartnoma borasida muzokaralarni yakunlamoqda.

43 yoshli darvozabon ikki yillik shartnoma imzolaydi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Buffon faoliyatini yakunlamoqchi emas va uchinchi darvozabon sifatida Qatardagi Jahon chempionatiga bormoqchi.

Buffon 10 karra Italiya chempionati g'olibi, 4 karra mamlakat Kubogi va "Yuventus" tarkibida 6 karra Superkubok sohibi sanaladi.

U Italiya terma jamoasi bilan 2006 yili Jahon chempionatini qo'lga kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano