Buffon: “Endi kollekciyamda yosh Maldinining futbolkasi ham bor. Navbat nabiralarga”

Eldor Akmurzayev
14 fev 2020, 19:28
“Yuventus” kiperi Janluiji Buffon o'zining formalar jamlanmasi kichik (Daniel) Maldinining futbolkasi bilan boyigani haqida aytdi.

“Mening kollekciyamda Keza va uning o'g'li, Tyuram hamda uning farzandiga tegishli futbolkalar mavjud. Hozir esa Maldini va uning o'g'liga tegishli forma ham paydo bo'ldi. Endi men ularning nevaralarini kutmoqdaman”, deydi 42 yoshli Buffon. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Squawka