Buenos-Ayres shahrida Messining haykali paydo bo'ldi FOTO

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida Barselona klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi sharafiga haykal barpo etildi.

Haykalning ochilish marosimida Buenos-Ayres shahri meri Orasio Rodriges ishtirok etdi. Haykal bronzadan ishlangan.

Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi-2016 finalidan so'ng Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com