Bubnov: "Odil Ahmedovning natijalari xatto "Barselona"dagi Serxio Busketsda ham yo'q"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2015
Sportbox.ru mutaxassisi Aleksandr Bubnov "Krasnodar" futbolchilarining SSKAga qarshi o'yindagi texnik-taktik harakatlariga baho berdi va Odil Ahmedov bu o'yinda "Barselona" yetakchilaridan ham yaxshiroq o'ynaganini ta'kidladi.

"Odil Ahmedov juda ajoyib o'yin ko'rsatganini aytish uchun rus chempiontida o'ynaga barcha futbolchilarning texnik-taktik harakatlari (TTH) arxivini ochishimga hojat yo'q. Ustiga ustak, bu rus chempionati uchun yangilik va jahon futbolida ham yetib bo'lmaydigan saviya. Bunday ko'rsatkichlar xatto men barchaga namuna sifatida ko'rsatadigan "Barselona"dagi Serxio Busketsda ham yo'q.

Demak, Ahmedov 152ta TTHni amalga oshirgan va ularning bor-yo'g'i 9,9% brak! Odilning bu o'yini bilan ertaga uni "Barselona" yoki "Real"ning asosiy tarkibiga qo'yish kerak. U yuqori saviyada o'ynashga tayyor! Agar Ahmedovning jamoadoshlari ham shu darajaga biroz yaqin kelganida, SSKA xatto durang haqida ham orzu qilgan bo'lardi. Pereyra, Mamaev, Ari va Laborde o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Odatda ularga ko'p narsa bog'liq" - deydi Bubnov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sportbox.ru