Bu qiziq. Germaniya himoyachisi Ryudiger Shotlandiyaning Evrolar tarixidagi to'purarlaridan biriga aylandi

Tolibjon Qosimov
15 iyun 2024
Kecha tunda Evro-2024ga start berildi.

Ochilish o'yinida mezbon Germaniya Shotlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Unda nemislar 5:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Ana shu uchrashuvda Shotlandiyaning yagona golini Germaniya markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger 87-daqiqada kiritdi. Ushbu avtogoldan keyin Ryudiger Shotlandiyaning Evro chempionatlari tarixidagi to'purarlari orasiga kirib oldi. Shu kungacha hech bir o'yinchi Evrolarda Ryudigerdan ko'proq gol urmagan.

Shotlandiya Yevropa chempionatlarida kechagi avtogolni qo'shganda 6-golini urdi va ularni turli xil o'yinchilar kiritishgan.

Shotlandiyaning Yevropa chempionatlari tarixidagi gollari mualliflari: Kallum Makgregor, Gari Makallister, Brayan Makkler, Alli Makkoyst, Pol Makstey, Antonio Ryudiger (avtogol).


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/Squawka