

22-tur uchrashuvi birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada 34 yoshli futbolchi "Kadis" darvozasini ishg'ol etdi.
Polshalik 15 ta golni Ispaniya chempionatining 19 o'yinida urishga muvaffaq bo'ldi. XXI asrda faqatgina Krishtianu Ronaldu undan tezroq bu ko'rsatkichni qayd etgan – 2009/10-yilgi mavsumda "Real" futbolchisi 15 ta golni 17 o'yinda ura olgandi.



