

"Navbatdagi bosqichga o'tishimiz uchun mahorat yetishmadi. Jamoadoshlarim o'yinga o'zini bahsh qila olishdi, biz bundan ortig'iga loyiq edik. Katta imkoniyatni qo'ldan chiqardik. Navbatdagi bosqichga chiqish haqida o'ylayotgandik. Bu yo'lda Argentina, Braziliya yoki Marokash - istalgan raqibni mag'lub etishimiz kerak edi. Bu o'yinni ancha kutdik, yarim finalga chiqishni istagandik. Lekin uddalay olmadik.
Ushbu o'yinda Marokash Portugaliyadan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatdi, ular g'alabaga loyiq bo'lishdi. Biz xatto hakamlik haqida ham gapira olmaymiz. Ular rostdan ham yaxshi o'ynashdi. Biz o'yinda to'liqligicha o'zimizni ko'rsata olmadik. Marokashni tabriklashimiz kerak", - dedi Fernandesh.



