Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning maqsadi haqida gapirdi

Alisher
18 apr 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoaning o'sishini o'zining kelishi bilan bog'lamaydi.

"Manchester Yunayted"ning o'sishi mening kelganim bilan bog'liq emas, balki jamoaning yaxshi ishlay boshlaganidadir. Bunda barcha o'yinchilarning hissalari qo'shilmoqda.

Agar biz joriy mavsumda maydonga qayta oladigan bo'lsak, bizning maqsadimiz Yevropa Ligasini yutish bo'ladi. O'ylaymanki, biz o'zimizga ishonmoqdamiz.

Ammo, Premer-ligada to'rtinchi o'rinni olish va Chempionlar Ligasiga chiqish ham katta maqsad", - deydi Fernandesh.


AlisherMuallif
Manba: A Bola