Brunu Alvesh: “Ronalduga biror marta ham mag'lub bo'lmaganman”

“Parma” himoyachisi Brunu Alveshning fikricha, u havodagi to'p uchun kurashda hamyurti Krishtianu Ronalduga nisbatan yaxshiroq harakat qilarkan.

“Men unga qarshi bir necha bor maydonga tushganman, ammo u biror marta havodagi kurashda mendan ustunlik qila olmagan. U balki mendan tezroq, texnikasi yuqori bo'lishi mumkin. Ammo havodagi kurashda... Bunga shubham bor”, dedi Alvesh Instagaramdagi jonli efir vaqtida.

Transfermarkt ma'lumotlarig ko'ra, Brunu Alvesh havodagi kurashlardagi ko'rsatkichi bo'yicha Yevropada eng yaxshi natijani qayd etgan.

1. Brunu Alvesh (Parma) – 78,4%

2. Virdjil van Deyk (Liverpul) – 74,9%

3. Grant Xenli (Norvich) – 70,1%

4. Franchesko Acherbi (Lacio) – 70,1%

5. Jeyms Tarkovski (Bernli) – 69,6%


Manba: Football Italia