Brozovich "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
24 dek 2021
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich tez orada shartnomani uzaytiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, bitim deyarli yakunlangan. Tomonlar so'nggi detallarni kelishishi qoldi.

Shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallanadi, o'yinchining maoshi esa yiliga 6 mln evroni tashkil etadi.

29 yoshli xorvati joriy mavsum "Inter" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira