Britaniyada uch asosiy nominaciya bo'yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi (BBC)

Eldor Akmurzayev
20 dek 2021
BBC Sport so'rovnoma natijalariga ko'ra bir qator nominaciyalar bo'yicha yilning eng yaxshilarini aniqladi.

2021 yilning eng yaxshi jamoasi Angliya termasi bo'ldi. Yil murabbiyi deb esa Garet Sautgeyt etirof etildi. Inglizlar Evro-2020 finaliga qadar yetib borib, italiyaliklarga imkoniyatni boy berishgandi.

Yil sportchisi nomi esa US Open-2021 g'olibi Emma Radukanuga (tennis) nasib etdi. Shuningdek, ushbu nominaciyada g'oliblik uchun “Man Siti” vingeri Rahim Sterling ham davogarlik qilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport