

Daily Mail xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" klubiga tegishli "Old Trafford" hamda "Liverpul"ga qarashli "Enfild" stadionlari 2028 yilgi Yevropa chempionati uchrashuvlarini qabul qilmaydi.
Turkiya ushbu turnirga nomzodligini qaytarib olgach, Angliya va Irlandiyaning qo'shma arizasi yagona davogarga aylandi. O'yinlar jami o'nta stadionda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ammo ular orasida "Old Trafford" va "Enfild" stadionlari mavjud emas.



