"Brentford" klub tarixidagi rekord transfer bo'yicha "Vulverxempton" bilan kelishib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023, 16:16
Himoyachi Natan Kollinz "Vulverxempton"dan "Brentford"ga ko'chib o'tadi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, klublar 23 mln funt evaziga transferni amalga oshirish borasida kelishib olishgan. Futbolchi yangi klubida tibbiy tekshiruvdan o'tishi zarur. Agarda barchasi rejadagidek ketsa, bu "arilar" tarixidagi eng qimmat kelishuv bo'ladi. Iyun oyida "Brentford" o'z rekordini yangilab ulgurgandi. O'shanda "Frayburg" yarim himoyachisi Kevin Shade sotib olingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо