Brendan Rojers: “Manchester Yunayted”da hali ham chempionlik uchun kurasha oladigan tarkib mavjud”

Tolibjon Qosimov
25 sen 2013, 16:22
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers, Angliya liga Kubogi 3-bosqichi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yin oldidan, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Old Trafford”dek maydonda o'ynash har doim qiyin bo'lgan. “Manchester Yunayted” uchun mavsum ko'ngildagidek boshlanmadi. Biz ham o'tgan mavsum shunday qiyinchilikka duch kelgan edik. Bunday vaziyatlarda jamoa tezda o'zini o'nglab olishi kerak.

  “MYU” futbolchilari mavsumni yomon boshlaganliklaridan xafa bo'lishlari turgan gap. Lekin uyda bo'lib o'tadigan o'yin ular uchun katta omad keltirishi mumkin. “MYU”ga qarshi o'yinda biz ham o'zimizni ko'rsatishimiz kerak, - deydi Rojers.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru