

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, OKMK vakili Aziz Xolmurodov O'zbekiston MTJning yanvar oyidagi yig'iniga chaqirilgan.
"TopPodcast" ijodkorlariga ko'ra, bir necha yillardan buyon termadan chetda qolgan Oybek Bozorov navbatdagi yig'inda ishtirok etadi. Shuningdek, "Navbahor" yangi futbolchisi Quvondiq Ro'ziev, "Neftchi" yetakchisi Ikrom Aliboev ham Kannavaroning e'tiboriga tushgan va Doha yig'iniga taklif etilgan.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 22 yanvardan 2 fevralga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi. Mazkur yig'in 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh o'yinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi.



