Breaking! Messi rahbariyatga "Barsa"dan ketishini ma'lum qilgan. Bu haqda Neymarning PSJga o'tishini xabar qilgan jurnalist yozdi

Lionel Messi tez orada "Barselona"ni tark etishni xohlayapti, deb yozdi Braziliyaning "Esporte Interativo" nashri jurnalisti Marselo Bexler.

Takidlanishicha, hujumchi klub rahbariyatini ogohlantirishga ham ulgurgan. U amaldagi shartnomasining yakunlanishini (2021) kutmoqchi emas.

"Esporte Interativo" nashriga ma'lumot bergan "Barselona" tizimining vakili bunga qadar hech qachon Messi ketishga qaror qilganini ko'rmaganini ham qo'shimcha qilgan. G'alaba qozonishga tayyor sport loyihasining yo'qligi argentinalik charm to'p ustasining xafsalasini pir qilgan. 

Takidlash kerakki, Bexler Barselonada istiqomat qiladi. U 2017 yilda Neymarning PSJga o'tishini ham birinchi bo'lib e'lon qilgan edi.

Avvalroq Messi "Inter"ning ofisi yaqinidan pentxaus sotib olgani haqida xabar qilingan edi. "Neradzurri"lar forvardga 4 yilga mo'ljallangan 260 million evrolik shartnoma taklif qilishga tayyor.


Manba: Esporte Interativo