Braziliyalik yarim himoyachi Ukraina fuqaroligini olishga yaqin

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2022
“Shaxtyor” futbolchisi Alan Patrik Ukraina pasportiga ega bo'lishi mumkin.

Patrik yangi fuqarolikni olish uchun etarli muddat mazkur davlatda faoliyat olib borgan. Donecliklar uni mahalliylashtirish orqali legionerlar limiti bilan bog'liq muammoni hal etmoqchi.

30 yoshli yarim himoyachi 2011 yil “Santos”dan “Shaxtyor”ga o'tgan. Futbolchi joriy mavsum klub libosida 20 o'yinda qatnashib, 4+6 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua