Braziliyalik afsona yong'in oqibatida kasalxonaga tushib qoldi

Sherzod Nurmatov
20 may 2025
"Bavariya" va "Inter" sobiq futbolchisi Lusio baxtsiz hodisa natijasida kuyish jarohatini oldi.

Bu haqda "Globo" xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, payshanba kuni Lusioning uyida kamin portlagan. Braziliyalik futbolchi kasalxonaga yotqizilgan. Sobiq futbolchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda va u hushida.

Lusio faoliyatini 2020 yilda yakunladi. Himoyachi Yevropada "Bayer", "Bavariya" va "Inter" jamoalarida to'p tepgan. "Bavariya" bilan 3 marta Bundesliga va Germaniya Kubogini qo'lga kiritgan. "Inter" bilan birgalikda Italiya chempioni bo'lgan va Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo