Braziliyada g'avg'o: "Flamengo" yulduzi pul tikkanlikda ayblanib diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
6 sen 2025, 12:22
Hujumchi Bruno Enrike qasddan chetlatilishi va pul tikishga aloqadorligi uchun qattiq jazo oldi.

Oliy sport tribunalining tartib-intizom qo'mitasi (STJD) 34 yoshli futbolchini halol o'yin tamoyillarini buzganlikda va milliy chempionat uchrashuvi natijasiga ta’sir o'tkazishga urinishda aybdor deb topdi.

Gap 2023 yilning noyabrida "Santos"ga qarshi o'yin (1:2) haqida ketmoqda. O'shanda Enrike atayin sariq kartochka olgan, bu tergov ma'lum qilganidek, bukmekerlik pul tikishlarida foyda keltirgan. Buning uchun futbolchi 12 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 60 ming real (taxminan 11 ming dollar) jarimaga tortildi. O'yinchi apellyaciya berish huquqini saqlab qoladi.

STJD'ning qayd etishicha, dastlab ish faqat bilvosita ma'lumotlarga asoslangandi, ammo hal qiluvchi omillar hujumchining sxemada ishtirok etganini tasdiqlovchi federal policiya materiallari bo'ldi. Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining harakatlari "Flamengo"ga zarar etkazgan va o'yin natijasiga ta’sir qilishi mumkin edi.

Shuningdek, 4 nafar havaskor futbolchi, jumladan, Bruno Enrikening ukasi Vander Nunes Pintu Junior ham jazolandi. Boshqa ayblanuvchilar jazodan qutulib qolishdi, chunki ular sport adliya tizimining bir qismi emas.

Avvalroq Enrike jinoiy jazo – 18 yilgacha qamoq va 2 million real (taxminan 362 ming dollar) jarimaga tortilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bruno Enrike 2019 yildan buyon "Flamengo" safida to'p tepmoqda. U joriy mavsum 40 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: igamingbrazil.com