Braziliya jamoalari so'nggi beshta Libertadores Kubogida g'olib bo'lishdi

Nozimov Nig'monxo'ja
5 noya 2023
Braziliya jamoalari qatorasiga 5 marta Libertadores kubogini qo'lga kiritdi.

Bu yilgi kubokni “Fluminense” qo'lga kiritdi. Fernando Diniz shogirdlari “Boka Xuniors”ni mag'lub etishdi (2:1).

Bungacha “Flamengo” (2019, 2022) va “Palmeyras” (2020, 2021) ikkitadan chempionlikni qo'lga kiritgan.

Umuman olganda, Braziliya klublari Libertadores kubogida 23 marta g'alaba qozonib, umumiy jadvalda ikkinchi pog'onada bormoqda. Ulardan faqatgina Argentina jamoalari 25 ta sovrin bilan oldinda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru