Braziliya hukumati Ronaldinyoning hisobidan bor-yo'g'i 6 evro topdi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo o'z mamlakati qonunlari bilan muammoga duch keldi.

Sobiq futbolchi 2015 yilda akasi Robert de Assis bilan ombor va baliq ovi platformasi qurilishida ekologiyaga etkazgan zariri uchun 2 mln evro jarimaga tortilgan edi. Biroq Ronaldinyo bu mablag'ni to'lab bermadi, shu sababli sud uning pasportini hibsga oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Braziliya hukumati sobiq futbolchining bankdagi hisobini o'rganayotib, Ronaldinyo hisob raqamida bor-yo'g'i 6 evro (olti evro) borligini aniqlashdi. Braziliyalikning hayoti hisob raqamidagi mablag'ga to'g'ri kelmaydi, chunki u so'nggi bir necha hafta davomida Osiyoda reklama akciyalarida ishtirok etdi, xatto Nike firmasi uning nomi bilan oyoq kiyim ishlab chiqarishni boshladi. Suddagilarning fikricha, buning barchasi Ronaldinyoga katta daromad olib kelishi kerak edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca