Braziliya futbol konfederatsiyasi muxlislardan Fernandinoni haqorat qilmaslikni so'radi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) muxlislardan ijtimoiy tarmoqlarda milliy jamoa yarim himoyachisi Fernandinoni haqorat qilmaslikni so'radi.

"Braziliya futbol konfederatsiyasi Fernandino va uning oilasiga bo'layotgan irqchilik ruxidagi hujumlarni qoraladi. Futbol ranglar, madaniyatlar va odamlar birlashuviga xizmat qiladi. Biz sen bilan" - deyiladi konfederatsiyaning "Instagram"dagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Belgiyaga qarshi JCH-2018 1/4 final uchrashuvining (1:2) 13-daqiqasida 33 yoshli yarim himoyachi o'z darvozasiga gol urib qo'ygan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/cbf_futebol/