Braziliya chempionatida g'olib nomi aniqlandi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017, 10:58
Braziliya chempionati yakunlanishiga 3 tur qolganida "Korintians" futbolchilari 35-turda "Fluminense"ni mag'lub etib (3:1), A Seriya g'olibiga aylanishdi.

Ushbu uchrashuvda SSKA sobiq hujumchisi Jo dubl qayd etdi, yana bir golni esa Jadson o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Shunday qilib, "Korintians"ning ikkinchi o'rinda borayotgan "Gremio"dan farq 10 ochkoga etdi va San-Paulu jamoasi o'z tarixida ettinchi marotaba Braziliya chempioniga aylandi.

Bundan tashqari, Jo Braziliya chempionati to'purariga aylanishi mumkin, u 35ta turda 18ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Braziliya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com