Braziliya-2014 jahon chempionati rasmiy koptoklari Pokistonda tayyorlanyapti (FOTO)

Narzulla Saydullayev
24 may 2014
Pokistonning Siyalkot shahridagi fabrikalardan birida Braziliyada bir necha haftadan so'ng -12 iyunda boshlanadigan jahon chempionatining rasmiy koptoklarini ishlab chiqirish ishlari ayni avjida.
Mazkur ish bilan Adidas hamkori hisoblangan Pokistonning Forward Sports kompaniyasi shug'ullanyapti.

Nima uchun aynan Pokiston? Chunki futbol sohasida mazkur davlat biror-bir yutuqlari bilan maqtana olmaydi. Ammo bu mamlakat Britaniya imperiyasining sobiq koloniyasi ekanligi unutmaslik lozim.

Afsonalarga ko'ra, o'tgan asr boshlarida Panjobda xizmat qilayotgan zobitlar  futbol o'ynashga qaror qilishgan, ammo o'yin vaqtida ularning koptogi teshilib qolgan. Ular mahalliy etikdo'zdan koptokni tikib berishni iltimos qilishgan va u mamnuniyat bilan buni uddalagan.

Shundan so'ng o'sha etikdo'z ishlab chiqarishni o'zgartirishga qaror qilib, o'zining xususiy futbol koptoklarini ishlab chiqarishni boshlagan ekan. Bu tadbirkorlik o'z samarasini bergan: hozirgi kunda bitta Silyakotdagi fabrikaning o'zida bir yilda 70 million dona koptok ishlab chiqariladi va dunyo mamlakatlariga eksport qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 1dam.com