"Brayton"ning argentinalik futbolchisi U-20 jahon chempionatida ishtirok etadi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023
"Brayton"ning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Fakundo Buonanotte o'z mamlakatida o'tkaziladigan U-20 jahon chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi.

Bu haqda 90min nashri xabar berdi.

Avvalroq klub rahbariyati futbolchini qo'yib yubormasligini ma'lum qilgandi. Biroq keyinchalik bosh murabbiy Roberto De Zerbining fikri o'zgargan.

Eslatib o'tamiz, Argantina jahon chempionatining "A" guruhida O'zbekiston, Gvatemala va Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia