Botirali Ergashev: "Xitoy bilan o'yinda olimpiya terma jamoamiz boshqacha o'yin namoyish etadi deb o'ylayman"

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2020
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda o'tkazilayotgan Osiyo Chempionati birinchi turida Eron bilan durang natija qayd etishgach tanqidlar va etirozlar ostida qoldi.

Aslida durang ham yomon emas, biroq namoyish etilgan o'yin ko'pchilikda salbiy fikrlarni uyg'otdi. Bugun ikkinchi tur doirasida Xitoy olimpiya terma jamoasiga qarshi kechadigan o'yin muhim ahamiyat kasb etadi. Biz esa mas'uliyatli uchrashuvdan oldin olimpiya terma jamoamiz sobiq futbolchisi Botirali Ergashevning fikrlari bilan bilan qiziqdik.

"Ilk turda barcha terma jamoalar qatori bizning olimpiya terma jamoamizda ham bosim va hayajon bor edi. Shuning hisobiga bollarni o'yini qovushmadi. Endi bundan buyog'iga faqat g'alaba qoniqtirardi. Xitoy bilan o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ikki yil avval biz ham turnirni qiyinchilik bilan boshlagan edik. Qatarga mag'lub bo'lganmiz. Qizig'i hal qiluvchi Xitoy bilan o'yinda g'alaba qozondik. O'zimizga bo'lgan ishonch ortdi. Menimcha yigitlar ham tushunib turishibdi. Xudo xohlasa albatta g'alaba qozonamiz. Eron bilan o'yinga qaraganda boshqacha o'yin ko'ramiz deb o'ylayman", - dedi Osiyo chempioni Botirali Ergashev.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia