- Botir aka, Xindistondan qachon keldingiz?
- 10 fevral kuni yurtimizga qaytib keldim. Dehlida 8 kun bo'ldim.
- Xindiston varianti qanday paydo bo'ldi?
- Do'stim Jasur Boboev ham ilgari Xindistonga borib oyog'ini operaciya qildirib kelgandi. Aynan uning maslahatiga ko'ra, men ham oyog'imni Dehlida operaciya qildirishni lozim topdim.
- Bu jaroxatni qachon olgandingiz?
- Oyog'imdagi eski jaroxat qiynab kelayotgandi. O'zimizda operaciya qildirganimda shifokorlar o'z ishini puxta bajarmagan ekan. Asorati bilinib turdi. Shuning uchun xorijda yana boshqatdan operaciya qildirib kelishga qaror qildim.
- Xo'sh, bu safar operaciya jarayoni qanday o'tdi?
- Hammasi ko'ngildagidek. Hech qanday havotir yo'q.
- Shifokorlar qachon maydonga qaytishingiz borasida tayinli gap aytdimi?
- Hozircha hassada yuribman. Tahminan 2 oydan so'ng trenajyor zalida engil mashg'ulotlarni o'tkazib boraman. Asta-sekin maydonga chiqib, yugurish va umumiy guruh bilan shug'ullanishni boshlayman.
- Bu yil sizni yana rasmiy o'yinlarda ko'rishimiz mumkinmi?
- Ha, albatta. O'zim ham shunga umid qilyapman. Ikkinchi davraga qadar optimal formaga kirib borishga urinaman. Har xolda shunga xarakat qilaman.
- Xindistonga borib kelishingizda “Sho'rtan” klubining moddiy tomondan amaliy yordamini sezdingizmi?
- Ha, klub rahbariyati bu borada qo'llab-quvvatladi. Ularga minnatdorchilik bildirib qolaman. Qolaversa jamoadoshlar va murabbiylar ham ruhan ko'nglimni ko'tarmoqda.
Islombek Rustambekov