"Borussiya"dagilar Obameyyang borasida taklifni ko'rib chiqishga tayyor

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 16:41
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati Per-Emerik Obameyyang borasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Bu haqda klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke ma'lum qildi.

"Biz Obameyyang borasidagi munosib takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz" - deydi Vatcke.

28 yoshli gabonlik xizmatlariga "Real", PSJ, "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal