"Borussiya" saratonga chalingan Alle o'rniga boshqa futbolchi topdi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2022, 23:22
Dortmundning "Borussiya" klubi tarkibni "Kyoln" hujumchisi Antoni Modest bilan kuchaytirish niyatida, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Transfer shu yozda amalga oshishi kutilmoqda.

Modest o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda 23 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Modest noma'lum muddatga safdan chiqqan "Borussiya" Dortmund hujumchisi Sebastyan Allening o'rnini egallashi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira