"Borussiya" Pulishichning narxini "Barselona" va "Real"ga ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 00:14
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachi Kristian Pulishichni sotib yuborishga qarshi emas.

"Sport1" xabariga ko'ra, Germaniya jamoasi futbolchini 70 mln evrodan kamiga sotmaydi. Futbolchining o'zi ham yaqindagina shartnomani uzaytirishni istamadi va jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. Uning amaldagi kelishuvi 2 yildan keyin o'z yakuniga etadi. Uning xizmatlariga "Barselona" va "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'tgan mavsumda 19 yoshli futbolchi "Borussiya" tarkibida 42 uchrashuvda qatnashdi va 5 gol urib, 7 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1