"Borussiya" – "Napoli". "Barselona" skautlari Reyna va Roysni kuzatishdi

Tolibjon Qosimov
30 noya 2013
"Barselona" skautlari Chempionlar Ligasi guruh bosqichi beshinchi turidan o'rin olgan ikki o'yinga tashrif buyurishdi.
Dortmunddagi o'yinda kataloniyalik skautlar "Napoli" darvozaboni Xose Reyna va "Borussiya" yarim himoyachisi Marko Roys o'yinlarini kuzatishdi.

Ispaniya grandining skautlari, shuningdek, "Portu" hamda "Austriya" o'rtasidagi o'yinga ham tashrif buyurishgan. Biroq ular aynan qaysi futbolchilarni kuzatib borishgani noma'lum.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru