"Borussiya" "Manchester Siti"ning 19 yoshli o'yinchisi Braaf bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
27 may 2022
"Manchester Siti" vingeri Jeyden Braaf yaqin orada Dortmundning "Borussiya" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Klublar tez orada shartnoma imzolashadi.

Braaf o'tgan mavsum "Man Siti"ning yoshlar jamoasida o'ynadi. Vinger 2020/21 yilgi mavsumni "Udineze"da ijarada o'tkazdi va A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano