"Borussiya" Kulibali bilan shartnoma imzoladi

Alisher
19 mar 2021, 12:26
Dortmundning "Borussiya" klubi PSJ akademiyasi himoyachisi Sumola Kulibalining transferini e'lon qildi.

Fransiyaning 18 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynaydigan 17 yoshli o'yinchi nemis klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsumdan "Borussiya" safida to'p tepadi.

Kulibali ayni damda jarohati sabab o'ynamayapti. U hali PSJning asosiy jamoasida o'yin o'tkazmadi.


AlisherMuallif
Manba: bvb.de