

Dortmundliklar rahbariyati jamoa a'zosi Marko Roys bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda klubning sport direktori Mixael Cork ma'lum qilgan. Roysning amaldagi shartnomasi 2019-yilgacha mo'ljallangan.
“U jarohat olgan edi. Shu sababdan ham muzokaralarga kirishishni istamagandi. Hozir hammasi joyida. “Borussiya” bu masalani hal etish ustida ishlaydi”, - deydi Mixael Cork.



