“Borussiya D” Jelson Martinsh uchun 50 mln evro to'lashga tayyor

8 may 2018, 07:43
Dortmundliklar klub yarim himoyasini kuchaytirmoqchi.

“Liverpul” hamda “Borussiya” Lissabonning “Sporting” jamoasi yarim himoyachisi Jelson Martinsh uchun kurash olib boradi. A Bola nashriga ko'ra, dortmundliklar bu borada birinchi qadamni tashlashga ulgurdi. “Borussiya” rahbariyati Jelson uchun 50 mln evro taklif qildi. Uning “Sporting” bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, shartnomasidagi tovon puli 60 mln evro qilib belgilangan.


Manba: A Bola