"Borussiya D" bosh murabbiyi: "Safardagi uchta gol jamoada xarakter borligini ko'rsatmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2021, 09:21
"Borussiya D" bosh murabbiyi Edin Terzich "Sevilya"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu o'yinni eng yaxshilaridan biri deb aytishim mumkin. Biz natijadan mamnunmiz, shuningdek maydondagi harakatlarimizdan ham. 

So'nggi haftalar oson bo'layotgani yo'q. "Sevilya" maydonida urilgan uchta gol jamoada xarakter borligini ko'rsatmoqda. Xoland bugun muhim rolni bajardi", - dedi Terzich. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA