"Borussiya" bosh murabbiyi: "Men uchun bunday ajoyib o'yinchilar va Zinedin Zidandek murabbiy bilan to'qnash kelish katta sharaf"

Alisher
27 okt 2020
"Borussiya" (Myonxengladbax) bosh murabbiyi Marko Roze Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz "Inter"ga qarshi o'yinda raqibni juda uzoq vaqt davomida hurmat qilib yubordik. Ammo, biz ushbu uchrashuvdan ko'p narsalarni o'rganishimiz mumkin. Bu bizning ertaga ijobiy natijaga erishishimizga yordam beradi.

Men uchun bunday ajoyib o'yinchilar va Zinedin Zidandek murabbiy bilan to'qnash kelish katta sharafdir", - deydi Roze.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" - "Real" o'yini bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com