Bonaventuraning hisoblashicha, Milan derbisining natijasini El-Shaaravi hal qiladi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2014
"Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura "Inter"ga qarshi A seriyaning 12-tur uchrashuvi oldidan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Men "Inter"ga qarshi o'yinlarda to'rt marta gol urganman. Roberto Manchinining "Inter"ga kelishi bizga katta ta’sir qilmaydi.

Taktik jihatdan nimadur o'zgarishi mumkin, ammo maydonda bir necha daqiqadan so'ng hammasini tushunib olamiz.

Derbi natijasini kim hal qiladi? El-Shaaravi. Yaqinda u gol urdi, futbolchida o'ziga bo'lgan ishonch bor" - deydi Boaventura.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com