Bollivud aktrisasi "Arsenal" futbolchisidan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019
Mashhur Bollivud aktrisasi va "Arsenal" elchisi Esha Gupta "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs paytida "to'pchilar" hujumchisi Aleks Ayuobini haqorat qildi.

"Aktrisa o'z "Instagrami"da Varun_Gupta17 nikli foydalanuvchi bilan nigeriyalikning o'yinini muhokama qilgani haqidagi skrinshotni tarmoqqa joyladi.

"Vingerlarimiz bilan bog'liq muammolarni hal qilish kerak. Ivobi yuzli Gorillani qanotda ko'rishni istamayman. U juda yomon o'ynayapti" - deb yozdi Varun_Gupta17. "Axaxaxa. To'g'risini aytsam, nega u zaxirada qolmayotganini bilmayman" - deydi Esha.

Natijada aktrisa kechirim so'radi.

"Kechiring, bu irqchilik ruxida ekanligini tushunmadim. O'zim ham irqchilik qurboni bo'lganman. Bu xato edi. Yigitlar, kechiring" - deb yozdi Esha o'z "tvitteri"da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com