Boliviya poytaxtida tug'ilgan har besh bolaning biriga Neymar deb ism qo'yishmoqda

3 iyul 2013, 15:37
Boliviya poytaxti La Pas shaxrida tug'ilayotgan bolalarga qo'yilishi bo'yicha eng mashxur ism, Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar ismi bo'lib turibdi.
"17 yildan so'ng La Pas erkaklarining juda katta qismini Neymar ismlilari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda shunaqa tendenciya ketyapti", deydi La Pas FXDYO xodimi Remijio Kondori.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, La Pas 1,6 million aholiga ega bo'lgan shahar hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz,  Neymar yaqindagina "Santos"dan 57 million evro evaziga "Barselona"ga o'tdi. Bir necha kun avval esa u terma jamoa bilan Konfederatsiyalar kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.


Manba: sports.ru